DEKLARATSIYA

DEKLARATSIYA — 1) hukumat, tashkilot, firma nomidan rasmiy e’lon qilingan bayonot; asosiy prinsiplarni tantanali e’lon qilish; 2) bojxonada deklaratsiya qimmatbaho buyumlar va mahsulotlarni chegaradan olib chiqishda va qimmatbaho paketlarga, banderolga qo’shib jo’natiladigan hujjat. Ushbu hujjatda paket mazmuni, qiymati ko’rsatiladi; 3) soliq deklaratsiya daromadning miqdori, manbayi, mulk hajmi va boshqalar xususida soliq to’lash uchun yozilgan ariza. Deklaratsiya davlat ichki yoki tashqi siyosatining asosiy prinsiplari aks etgan hujjat. Xalqaro tashkilotlar, shujumladan, BMT deklaratsiya ko’rinishida xalqaro munosabatlarning aniq sohasidagi asosiy qoidalarini mustahkamlab boradi.