Dema

Dema (yunoncha demoi)-Qadimgi Attikada hududiy okrug, miloddan avvalgi VI asrdan asosiy xo’jalik, diniy, siyosiy va ma’muriy birlik. Klisfen islohotlari (miloddan avvalgi 509 yil) bo’yicha Dema filaning tarkibiy qismiga aylangan. Demalar soni 100 taga yetgan, keyinchalik yanada ortgan (masalan, miloddan avvalgi V asrda 150 dan ortiq, miloddan avvalgi III asrda 174 ta). Dema o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega bo’lgan, rahbar-demarxni saylagan. Dema bo’yicha fuqarolar ro’yxati tuzilgan. Dema a’zolari shaxsiy Mulki hisob-kitobi olib borilgan, qo’shinlar yig’ilgan, bule va gelieyaga saylovlar o’tkazilgan. Afina ta’sirida Yunonistonning boshqa shahar-davlatlarida ham Dema tuzilgan (masalan, Kos va Rodos orollarida).