Demilitarizatsiya

Demilitarizatsiya (lotincha de…-ajralish, yo’qotish, bekor qilish kabi ma’nolarni beruvchi oldqo’shimcha va militaris-harbiy)-xalaqaro huquqda biror xalqaro shartnomaga binoan muayyan hududdagi harbiy istehkomlar va inshootlarni yo’qotish hamda shu hududdagi harbiy bazalar va qurolli kuchlar saqlashni taqiqlash. To’la Demilitarizatsiya (Antarktida, Aland arxipelagi, osmon jismlari, shu jumladan, Oy va boshqalar) va qisman Demilitarizatsiya (masalan, yadrosiz zonalar tashkil etish) farq qilinadi. Demilitarizatsiya atamasi ba’zida birmuncha keng ma’noda ishlatiladi (masalan, iqtisodiyotni Demilitarizatsiyalash).