Demokratiya
Demokratiya (yunoncha demos – xalq va …kratiya)-fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda o’rnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiyaning asosiy talablari: ko’pchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqliligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning bo’linishi, davlat boshlig’i va vakolatli organlarning saylab qo’yilishi. Demokratiyaning bevosita Demokratiya (asosiy qarorlar yig’ilishlarda bevosita barcha fuqarolar tomonidan yoki referendumlar yo’li bilan qabul qilinadi) shakllari bor. Kishilik jamiyati paydo bo’lgandanoq Demokratiyaning kurtaklari bor edi va u hozir eng taraqiy etgan mamlakatlarda ham o’zining so’nggi cho’qqisiga erishganicha yo’q.