DEMOKRATLASHTIRISH

DEMOKRATLASHTIRISH — nodemokratik siyosiy tizimlardan demokratik siyosiy tizimlarga o’tish jarayoni. Demokratlashtirish mamlakatda demokratiya tamoyillarini qaror toptirish jarayoni, demokratik tuzumni izchil o’rnatish va rivojlantirish hisoblanadi. Zamonaviy siyosiy fanda demokratlashuv masalalarini tranzitologiya fani o’rganadi. Ko’zga ko’ringan vakillari – S.Xantington, D.Rastou, A.Pshevorski va h.k. Ularga ko’ra demokratlashuv – natijasi mavhum bo’lgan jarayon bo’lib u demokratiyaning uzil-kesil qaror topishi – uyushgan demokratiya yoki avtoritar tizimning u yoki bu ko’rinishiga qaytish bilan tugallanishi mumkin.