DENEB

DENEB — Oqqush yulduz turkumining eng ravshan yulduzi; 1 — yulduz kattaligida. Vega (lira alfasi) va at-Toir (Burgut alfasi) kabi yorug’yulduzlar bilan uchburchak tashkil etib, yozda yarim tunda tepada ko’rinadi va shu tufayli uni ko’pincha «yozgi katta uchburchak» deb ham yuritiladi.