DEPONENTLASH
DEPONENTLASH (lot.deponere-saqlash uchun berish) — 1) qimmatbaho qog’oz, pul va h.k. davlat muassasalariga saqlash uchun berish. Ana shu muassasa ixtiyoriga vaqtinchalik o’tgan bu pul yoki qimmatbaho qog’ozlar ularni qo’ygan odamlar yoki berilishi mo’ljallangan kishilar qo’liga qaytib boradi. 2) Ratifikatsiya yorliqlarini muayyan davlatga yoki davlatlarga, xalqaro organlarga yoki shunday tashkilotning bosh ijrochisiga saqlash uchun berish.