Depressiya
Depressiya (lotincha depressio — ezish) — kelib chiqishi va shaklidan qat’iy nazar, yer yuzasidagi har qanday pastlik joy; tog` ma’noda — dengiz sathidan past botiq yoki soylik (masalan, Qoragiyo botig`i, Sariqamish botig`i); tektonik Depressiya — yer po`stining egilgan va usti butunlay yoki qisman cho`kindiga to`lib qolgan joyi. Masalan, Buxoro-Xiva depressiyasi (hozir bu yerdan neft va gaz topilgan).