DEPUTAT

DEPUTAT (lotincha deputatus — vakil etilgan) — 1) davlat vakillik organining saylab qo’yilgan a’zosi; O’zbekiston Respublikasida — xalqning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq Deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi vakolatli vakili. Ularning maqomi, vakolatlari, Deputatlik faoliyatining kafolatlari «O’zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to’g’risida» O’zbekistan Respublikasining qonunida (1995 yil 6 may) belgilab berilgan; 2) jamoa (guruh) tomonidan biron-bir topshiriqni bajarish uchun vakil qilingan shaxs.