DERBIKLAR

DERBIKLAR — massagetlar siyosiy uyushmasi (konfederatsiyasi) ga kiruvchi sak qabilasi. S. P. Tolstovnit fikricha, Derbiklar Amudaryoning o’rta oqimida hozirgi Chorjo’y bilan Buxoro oralig’ida yashagan. Strabon (miloddan avvalgi 64— milodiy 24) ning yozishicha, » Derbiklar Ona-yerga e’tiqod qilganlar; ular ayol jinsiga mansub hech qanday jonzotni qurbonlik qilmaydilar va yemaydilar; 70 yoshdan oshgan erkaklarni o’ldirishadi, jasadlarni yaqin qarindoshlar yeyishadi; kampirlarni esa bo’g’ishadi, so’ngra ko’mishadi; 70 yoshga to’lmasdan vafot etgan erkaklarni ular emasdan faqat dafn etishadi, xolos» (Strabon, Geografiya, 11, 8). Ktesiyning ma’lumotiga ko’ra, axomaniylarnmng qudratli shohi kir II Derbiklar bilan bo’lgan jangda halok bo’lgan.