DESENSIBILIZATSIYA
DESENSIBILIZATSIYA (de… va sensibilizatsiya) — organizmning yot (ko’pincha oqsil) moddalar (allergenlar), mikroblar va boshqalarga ortiq darajada sezgirligi (sensibilizatsiya)ni bartaraf qilish yoki kamaytirish. Organizmga unga yot bo’lgan oqsil yuborilganda maxsus modda — antitelo hosil bo’ladi. Oqsil qayta yuborilganda antitelo u bilan o’zaro ta’sirlashib zardob kasalligini yoki boshqa allergik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Gistamint qarshi vositalar, oltingugurt preparatlari, Pig Rogen moddalar, aloe va boshqa desensibilizatsiyalovchi xususiyatga ega. Zardob preparatlari qayta yuborilganda, ular qo’zg’atadigan anafilaksiyaning oldini olishda Deselerometr allergik kasalliklarni davolash usuli sifatida qo’llaniladi.