DESPOTIYA

DESPOTIYA (grek. despoteia – cheklanmagan hokimiyat) — hech qanday qonunlar bilan cheklanmagan, zo’ravonlikka asoslangan mustabid hokimiyat shakli. Yakka shaxs hukmronligiga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Despotik hokimiyat, odatda, zo’ravonlik, bosib olish, ba‘zan esa, qonuniy hokimiyatni ag’darib tashlash natijasida o’rnatiladi. Mustabid hokimiyat shafqatsizdir. Despotiya tuzumida har bir odam uning zarbiga uchraydi. O’rta asr Shimoliy va O’rta Italiya shahar-davlatlaridagi siyosiy tuzum shakli ham Despotiyaning namunasi edi. Bunda fuqarolik va harbiy hukumat to’laligicha yagona hukmdor qo’lida jamlangan. Despotiya rejimi insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlariga xos bo’lsada, ayrim hozirgi zamon davlatlarida ham uning o’ziga xos jihatlarini ko’rish mumkin.