DEVCHARX
DEVCHARX, katta charx — qadimgi xonaki pillakashlik korxonasida turli dastgoh (avursak, dugdon, tegirmon va choridon) ni harakatga keltiradigan ulkan charx, (diametri 2,5 metr); ashtob yoki katta charx deb ham yuritilgan. Devcharxni aylantirish og’ir ish bo’lgan. Marg’ilonlik usta Yusufjon Ma’rufjonov bu mehnatni engillashtirish niyatida 1942 yilda Devcharxni 2 baravarga kichraytirdi; 1944 yilda esa u Devcharxni motor bilan harakatlanadigan qildi. Atlas, beqasam, shoyi va boshqa matolar pishirilgan tayyor ipaklardan to’qiladigan bo’lgach, Devcharx ishlatilmay qo’yildi.