Devor (to’siq, g’ov)
Devor (to’siq, g’ov) – 1) vertikal yuk ko’taruvchi va (yoki) to’suvchi konstruksiya funksiyasini bajaruvchi bino qismi; 2) binoning asosiy qurilma qismi. Xalq me’morligi tarixida quyidagi turlari uchraydi: tuproqdevor – nam soz tuproq taxta ihota orasida shibbalab yasaladi; poydevor – lo’mboz yoki guvaladan tiklanadi; paxsadevor – paxsa qatorlaridan tiklanadi; g’isht devor – g’isht terib tiklanadi; sinchdevor. Masalan: tosh devor, panjarali to’siq, panjarali g’ov, ravoq shaklidagi tirgovuch, ichki devor, tuynuksiz devor, taxta devor va hokazolar.