«DEYLI MIRROR»
«DEYLI MIRROR» («Daily Mirror», «Kundalik ko’zgu») — ingliz gazetasi. London, Manchester va Glazgoda chiqadi. 1903 yilda tashkil etilgan. Siyosiy voqealarni yoritishda Leyboristlar partiyasi o’ng qanotining siyosiy-ijtimoiy yo’nalishiga yaqin turadi. Ko’ngil ochar va reklama materiallarni ko’p bosadi. Adadi 5 millionga yaqin.