«DEYLI TELEGRAF»

«DEYLI TELEGRAF» («The Daily Telegraph», «kundalik telegraf») — ingliz gazetasi. London va Manchesterda chiqadi. 1855 yilda tashkil etilgan. Konservativ partiya rahbariyati nuqtai nazarini targ’ib qiladi. Angliya kiborlari, amaldorlari va ziyolilari asosiy o’quvchilari. Adadi 1,50 millionga yaqin.