DEYNEKA ALEKSANDR ALEKSANDROVICH
DEYNEKA ALEKSANDR ALEKSANDROVICH [1899.8(20).5, Kursk — 1969.12.6, Moskva] — rus rassomi. Xarkov rassomlik bilim yurtida (1915-17) va Moskva Oliy badiiy texnika ustaxonasida (1920-25) ta’lim olgan. Ijodida davr ruhi, jo’shqin hayot, fidokorona mehnat, sport, lirik mavzular yetakchi o’rin tutadi. Asarlari: «Yangi tsexlar qurilishida» (1926), «Ona» (1932), «Bo’lajak uchuvchilar» (1938), «Sevastopol mudofaasi» (1942) va boshqalar; Moskva metropolitenining «Mayakovskiy» (1938-39) va «Novokuzneskaya» (1943) bekatlari va boshqalarga ishlangan asarlari, koshinlari mashhur.