DEYVIS DENGIZI
DEYVIS DENGIZI — Hind okeanining Antarktida sohillaridagi chekka Janub qismi, 87° va 98° shq. u. oralig’ida. Maydoni 21 ming kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 1369 metr. Yil davomida muzlar bilan qoplanib yotadi. Sho’rligi 33-33,5 %s. Dengiz sohilida Rossiya Federatsiyasining Mirniy stansiyasi joylashgan. Dengiz 1912 yilda Avstraliya ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan va kema kapitani J. K. Deyvis nomi bilan atalgan.