DIASPORA

DIASPORA (Yunoncha diaspora — tarqalish) — Falastindan tashqarida tarqalgan yahudiylar (Bobil asirligi davridan, miloddan avvalgi 6-asr) majmui. Milodning boshlarida Rim saltanatida yashovchi 60 million aholining 10% ni yahudiylar tashkil etgan. Rim davlat organlarida Diaspora ba’zi huquqlarga ega bo’lgan: yahudiy jamoalari faqat imperator dekreti asosidagina tugatilishi mumkin bo’lgan, harbiy majburiyatni o’tashdan va Rimdagi diniy marosimlarda qatnashishdan ozod qilingan. Hozirgi adabiyotda Diaspora deb o’z vatanidan tashqarida yashovchi etnik guruhlarga aytiladi.