DIFENILAMIN

DIFENILAMIN (C6H5)2NH — ikkilamchi aromatik amin, yorug’lik ta’sirida qorayadigan rangsiz kristall modda. Molekulyar modda 169,23; zichligi 1160 kg/m3. Qaynash temperaturasi 302°, suyuqlanish temperaturasi 54°. Sovuq suvda erimaydi; efir, metil spirt, benzol, ligroin va boshqa organik erituvchilarda eriydi. Anilinni anilin gidroxlorid bilan avtoklavda 300°da NS1, A1S13, NH4BF4 ishtirokida qizdirib va boshqa usullar bilan olinadi. Nitritlar va nitratlar ishtirokida oksidlab, ko’k rangli birikmalar hrsil qilinadi. Indikator sifatida qo’llaniladi. Difenilamin — polimerlar uchun antioksidantlar ishlab chiqarishda boshlang’ich mahsulot bo’lib, tsellyuloza nitratlarining issiq va atmosfera sharoitiga bardoshli stabilizatori, azobo’yoqlar sintezida oraliq mahsulot, yumshoq po’latni zanglashdan saqlovchi ingibitor, shuningdek, analitik kimyoda NO2, NO3, S1O3 va boshqa oksidlovchilarni aniqlashda indikator sifatida qo’llaniladi.