Digestlar

Digestlar (lotincha digesta)-Yustinian kodekslari qismi. Rim klassik huquqshunoslarining-asosan, shaxsiy huquq masalalariga oid-asarlaridan parchalar keltirilgan. 533 yili chop etilgan va 50 ta kitobdan tashkil topgan. Tribonian boshchiligidagi huquqshunoslar guruhi tomonidan tuzilgan. Digestlarda eng ko’p quyidagi mualliflar asarlaridan foydalanilgan: Kvint Mutsiy Stsevola, Laveon, Prokul, Prisk, Tsels, Yulian, Pomponiy, Gay, Papinian, Pavel, Ulpian, Modestin.