DIKTAT
DIKTAT (lot. dictatus — buyurilgan, amr qilingan) — siyosiy va iqtisodiy tazyiq hamda harbiy tahdidlar yordamida majbur qilish; bir davlat tomonidan boshqa davlatga bu davlat xohishiga qaramay, teng huquqli bo‗lmagan shartnomalar, bitimlarni majburan qabul qildirish siyosati (masalan, Lotin Amerikadagi qator mamlakatlarga nisbatan AQSH tomonidan o’tkazilgan Diktat siyosati).