DINAMOMETAMORFIZM
DINAMOMETAMORFIZM (Yunoncha dynamis — kuch va metamorphosis — o’zgarmoq) — yer po’stida tog’ jinslarining strukturaviy, ma’lum darajada tubdan mineral o’zgarishlari, metamorfizmning bir turi. Dinamometamorfizmning asosiy omillari — tektonik harakatlardan vujudga keladigan (dinamik) va yuqorida yotgan tog’ jinslarining og’irligidan hosil bo’ladigan (statik) bosim. Ta’sir etgan bosimning xiliga qarab tog’ jinslari qisman yoki butunlay qayta kristallanadi, ba’zan yangi minerallar va tog’ jinslari hosil bo’ladi yoki tog’ jinslari mexanik parchalanadi. Dinamometamorfizm asosan yer po’stining yuqori struktura zonalarida sodir bo’ladi. Dinamometamorfizm natijasida milonitlar va slaneslashish vujudga keladi.