DINITROORTOKREZOL, DNOK

DINITROORTOKREZOL, DNOK (dinok), sinoks, xedolit (C7H6N, O5) — qishloq xo’jalik ekinlarini kasalliklar, zararkunandalardan himoya qilishda, shuningdek, begona o’tlarga qarshi kurashda qo’llaniladigan kimyoviy preparat. Hidsiz, sariq rangli kristall modda. 40% li kukun qolida ishlab chiqariladi. Suvda yaxshi eriydi. Insektisid va fungisid sifatida Dinitroortokrezol ihota daraxtzorlari, bog’, tokzorlarda qalqondorlar, shira tuxumlari, kana, kapalak g’umbaklari, shuningdek, antraknozlar, rag’a, kalmaraz qo’zg’atuvchi zamburug’lar va boshqalarga qarshi kuzda (qishlashdan oldin) yoki erta baxrrda, kurtak paydo bo’lmasdan 1% li eritmasi purkaladi. Sarf normasi 4— 8 kg/ga (ta’sir etuvchi modda hisobida). Odam va hayvonlar uchun zahari kuchli; foydalanganda xavfsizlik texnikasiga qatiy rioya qilish kerak. Sirtdan ta’sir etadigan gerbitsid sifatida bedazorlarda zarpechakka qarshi qo’llaniladi (beda o’rimidan 2-3 kun keyin sepiladi). Sarf normasi 35-50 kg/ga, ish suyuqushgi — 400-500 l/ga. Dinitroortokrezolni shu normada yo’l bo’ylari va uvatlardagi, sanoat inshootlari atrofidagi begona o’t va zarpechakka qarshi ham sepish mumkin.