DINSUN
DINSUN — shimoliy Xitoyning Shan’si viloyatiga qarashli qishlog’i (Fenxe daryosi yoqasida) yaqinidan topilgan quyi paleolit davri qarorgohi. 1953 yilda ochilgan. Dinsundan qazilma odamning 3 ta tishi (1 ta ustki va 2 ta pastki) va 2 mingga yaqin tosh qurol topilgan. Tosh qurollar orasida qirg’ich, nukleuslar, uch burchakli yo’g’on ponalar, yupqa pichoq, yumaloq tosh bolg’alar ko’p uchraydi. Dinsun odami sinantrop bilan hozirgi odamlar o’rtasidagi taraqqiyot bosqichida turgan.