Diorit

Diorit – dala shpati (plagioklaz) va shoxli shpatlardan tashkil topgan o’rta tarkibli tub to’liq kristalli magmatik jins. Diori, kulrangsimon mayda oq va qora dog’lari bilan to’q, yashil yoki qoramtir yashilgacha. Zichligi taxminan 2700-2900 kg/m3, siqilishga qarshiligi 150-300 MPa. Diorit yuqori yopishqoqlik, zarba va yedirishga mustahkamligi, ob-havoga qarshiligi va sovuqqa chidamlilik xarakteriga ega.