DIPEPTIDLAR

DIPEPTIDLAR — ikki aminokislota qoldig’ining amid (peptid) bog’i (—so—NH—) orqali birikishidan xreil bulgan organik birikmalar. Dipeptidlar -200—300°da parchalanuvchi kristall moddalar. Suvda, suyultirilgan kislota va ishqorlarda yaxshi, organik erituvchilarda esa oz eriydi. Oqsillar parchalanganda (gidrolizlanganda) hosil bo’ladi. Dipeptidlar o’z tarkibidagi aminokislotalarga xos rangli reaktsiyalarni beradi. Tabiiy Dipeptidlar, masalan, Karnozin va anzerin jonivorlar to’qimalarida uchraydi. Dipeptidlar molekulasi kislotalar, ishqorlar yoki fermentlar ta’sirida gidrolizlanib ikkita aminokislotaga ajralishi mumkin.