DIPLOM

DIPLOM (Yunoncha diplo — ikki buklayman) — 1) shaxsning oliy, o’rta maxsus yoki o’rta kasb-hunar o’quv yurtini tugatganligi yoxud ilmiy daraja, ilmiy unvonga ega ekanligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat; 2) muassasa, tashkilot yoki ayrim shaxslarga muayyan harakatni amalga oshirish huquqini beradigan hujjat; 3) turli tanlov, musobaqa, ko’rgazma va boshqalarda yuqori ko’rsatkichlarga erishganlik uchun mukofotlanganligini tasdiqlovchi hujjat.