DIPLOMATIK NOTA
DIPLOMATIK NOTA — diplomatik yozishmaga oid hujjatning bir turi. Verbal va shaxsiy Diplomatik notalarga bo’linadi. Diplomatik tajribada ko’proq verbal nota qo’llaniladi. Shaxsiy Diplomatik nota muhim, jiddiy muammolarga bag’ishlanadi yoki biron-bir voqea to’g’risida rasmiy axborot tarzida yuboriladi. Diplomatik nota diplomatik protokol talablariga binoan yoki shaxsiy Diplomatik notaga javob tarikasida ham yo’llanadi, u imzo chekuvchi nomidan 1-shaxs fe’lida tuzilgan xat shaklida nota blankasiga bosilib, manzil ko’rsatiladi, ammo muhr bosilmaydi. Xalqaro diplomatik amaliyotda Diplomatik notalar ayirboshlash xalqaro shartnomalar tuzishning shakllaridan biri sanaladi.