DIREKT-KOSTIN

DIREKT-KOSTING-bevosita xarajatlarni ishlab chiqargan mahsulot yoki buyumlar bo’yicha umumlashtiradigan boshqaruv hisobining tizimi. Mahsulot-buyumning to’liq bo’lmagan tannarxini kalkulatsiya qilish usuli bo’lib, ushbu usulni qo’llaganda mahsulot tannarxiga faqat o’zgaruvchan xarajatlar qo’shiladi. Natijada bilvosita xarajatlar esa hisobot davrining moliyaviy natijalari (xarajatlarning jamlamasi) ga olib boriladi.