DISKRETSION FISKAL SIYOSAT
DISKRETSION FISKAL SIYOSAT — milliy ishlab chiqarish hajmiga, bandlikka, inflyatsiyaga ta sir etish maqsadida, davlat tomonidan ongli ravishda soliq solish va davlat xarajatlarini tartibga solish tushuniladi, tanazzul sharoitida unga muvofiq davlat sarflari oshiriladi, soliqlaming pasayishi bilan qo’shib olib boriladi, natijada kamomadni moliyalashtirishga, ishlab chiqarishning o’sishiga olib keladi. Inflyatsiya sharoitida diskretsion siyosat davlat sarflarini kamaytirish, soliqlar miqdorini oshirish, davlat sarflarini qisqartirish bilan soliq miqdorini oshirishni qo’shib olib borishni nazarda tutadi. Bu esa davlat budjetining ijobiy saldoga ega bo’lishiga olib keldi. Real hayotda, iqtisodiyotda har xil omillar harakat qiladi. Shuning uchun muvofiq fiskal siyosatni ishlab chiqish juda qiyindir.