DISPASHER
DISPASHER — dengiz transportida umumiy avariya sodir bo’lganda ko’rilgan zararni kema, yuk va fraxt o’rtasida taqsimlash bo’yicha hisobkitoblarni tuzadigan mutaxassis. Rivojlangan mamlakatlarda dispasher vazifasini maxsus kompaniyalar bajaradi. Zararlarni taqsimlash bo’yicha hisob-kitoblar dispasha deyiladi va dispashani tuzganlik uchun haqni manfaatdor tomonlar (kema egasi, yuk egasi, yukni sotib oluvchi shaxs) to’laydi.