DISPERSIYA QONUNI

DISPERSIYA QONUNI – quyidagi bog’liqliklarni ifodalaydigan qonun: 1) to’lqin chastotasi sh uning to’lqin vektori k ga bog’liq; 2) qattiq jism kvant nazariyasida — kvant zarra energiyasi E uning kvaziimpulsirga bog’liq; 3) suyuqlik kvant nazariyasida — suyuklikning elementar g’alayonlanish energiyasi uning impulsiga bog’liq; 4) yorug’lik dispersiyasi — yorug’likning sinishida sindirish ko’rsatkichi p yorug’lik chastotasi so ga bog’liq. Bunday dispersiya yorug’likning tarqalish jarayonida spektrga ajralishida (masalan, yorug’lik shisha prizma orqali o’tganda) ro’y beradi. Shaffof moddada yorug’lik chastotasi ortishi bilan sindirish ko’rsatkichi ham kattalashishi (normal dispersiya) kuzatiladi.