DISPETCHERLIK PULTI

DISPETCHERLIK PULTI — dispetcherlik xizmati ishini amalga oshirishga mo’ljallangan boshqaruv-nazorat, xabar berish qurilmalari va aloqa vositalari jamlangan dispetcherlik ish stoli. Pultda ob’yektlar holati haqidagi yuborilgan axborotlar to’planadi va dispetcher qabul qilgan qarorlar ob’yektlarga uzatiladi. Hozirgi vaqtda kompyuter tizimiga asoslangan Dispetcherlik pulti ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va boshqarishni qulaylashtiradi. Uni boshqarish bevosita bosh dispetcher va uning o’rinbosarlari yoki smena dispetcherlari tomonidan amalga oshiriladi.