Disproporsiya

Disproporsiya (lotincha dis – yo`q, emas va proporsio — mutanosiblik) — xalq xo`jaligining ayrim tarmoqlari, bo`limlari (ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish va iste’mol buyumlari ishlab chiqarish) taraqqiyotida hamda xalq xo`jaligining turli tomonlari va qismlarida mutanosiblikning buzilishi; oqibatda ayrim sohalarda yoki umuman, iqtisodiyotda qayta ishlab chiqarish jarayonida uzilishlar ro`y beradi.