DISSEKTOR
DISSEKTOR (lotincha disseco — buklayman, kesaman) — elektr zaryadlarini uzatuvchi televizion trubka. Dissektorda fotokatod hosil qilgan tasvirni elektron ko’paytirgich elektr signallariga aylantiradi. Dissektor, asosan, televideniening qo’shimcha avtomat tizimlarida (masalan, yorug’lik manbai vaziyatini aniklash uchun) ishlatiladi.