DIVAYROM G’ORI
DIVAYROM G’ORI — Farg’ona viloyati So’x tumanidagi g’or. So’x daryosi chap sohilida, 1685 metr balandlikda, Daryo o’zanidan 655 metr yuqorida. Tektonik harakatlar natijasila kuchli darz ketgan quyi tosh-ko’mir davriga man-sub ohaktoshlarda hosil bo’lgan. G’orning og’zi (eni va balandligi 1,2 metr) sharq tomonga qaragan. G’or tuzilishi murakkab bo’lib, tor yo’laklar (eni va balandligi 2— 4 metr), xonalardan (eni 3 metr, balandligi 10-20 metr) tashkil topgan. Oxirida torayib tugaydi. Umumiy uzunligi 62 metr, maydoni 1708 metr kvadrat. G’orda ko’rshapalak va yovvoyi kaptarlar yashaydi.