DIVERSIFIKATSIYA
DIVERSIFIKATSIYA (lot. diversificatio – o’zgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turning kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Siyosiy fanlarda muammoga turlicha yondashuvlar birligi va siyosiy faoliyatning turli uslublaridan foydalanish tushuniladi.