DOJLAR SAROYI
DOJLAR SAROYI — Italiya gotika me’morligining ulkan obidasi (9-15-asrlar). San-Marko sobori va kutubxonasi hamda boshqa binolar bilan uyg’unlashgan holda shahar me’moriy ansamblini tashkil etgan. Venetsiya davlati hukumat boshliqlari (Dojlar)ning qarorgohi bo’lgan hashamatli saroy (18-asr oxiridan muzey) gotika (14-15-asrlar) va Renessans (15-16-asrlar) uslubida qayta qurilgan. «Katta maslahat» zali (54×25 metr, balandligi 15,4 metr)da P. Veroneze, Tintoretto, J. B. Tepolo va boshqa mashhur rassomlarning asarlari, namoyonlarga ishlangan rasmlari saqlangan. Dojlar saroyi me’morligida Italiya va Arab-musulmonlarning an’analari (bosh tarzining yuqori qismi yaxlit oynali, peshayvoni serustunli, qator ravoqli va boshqalar) uyg’unlashib ketgan.