DOKTURISHIVILI ALEKSANDR

DOKTURISHIVILI ALEKSANDR (1980.22.5, Tbilisi) — sportchi, yunon-rum kurashi bo’yicha Olimpiada o’yinlari chempioni (2004, Afina), «O’zbekiston iftixori» (2004). Dokturishvili yunon-rum kurashining 74 kilogramm vazn toifasida O’zbekiston (2004) va Osiyo (2004, Olmaota) chempioni. O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi jismoniy tarbiya va sport jamiyatida yunon-rum kurashi bo’yicha sport yo’riqchisi (2003 yildan).