Domestikatsiya

Domestikatsiya (lotincha domesticus-xonaki so’zidan), Xonakilashtirish-yovvoyi hayvonlar va o’simliklarning inson tomonidan qo’lga o’rgatilishi va madaniylashtirilishi jarayoni. Dastlabki xonakilashtirilgan hayvonlar it va qo’y edi. Genetiklar dastlab Janubiy Osiyoda bo’ri xonakilashtirilganini aniqlagan. Turli hayvonlar va o’simliklarni madaniylashtirish turli davr va hududlarda turlicha kechgan.