Dominat
Dominat (lotincha dominates, dominus-xo’jayin so’zidan)-Qadimgi Rimda imperator Diokletian davrida (III asr oxirlari) o’rnatilgan cheklanmagan monarxiya. Bunda imperator qonunlar chiqargan, barcha darajadagi davlat amaldorlarini va qo’shin zobitlarini tayinlagan, IV asr oxirigacha pontifiklar jamoasi rahbari unvoniga ega bo’lgan. Imperator hokimiyati kuchayishiga qaramay, unvoniga ega bo’lgan. Imperator hokimiyati kuchayishiga qaramay, respublika davridagi ayrim an’analar saqlangan. Senat ham nomiga bo’lsa-da faoliyat yuritgan.