DOMINION
DOMINION (inglizcha dominion, lotincha dominium — qaram yer) — ingliz qiroli (qirolicha)ni davlat boshlig’i deb tan olib kelgan va Britaniya imperiyasi tarkibida bo’lgan davlat. Unga general-gubernator tayin qilingan. Dastlabki Dominionlar — Kanada (1867 yildan), Avstraliya Ittifoqi (1901 yildan), yangi Zelandiya (1907 yildan) va boshqalar. Hamdo’stlik tuzilganidan keyin, garchi ko’pgina sobiq Dominionlar unga kirib, avvalgidek ingliz qirolichasini davlat boshlig’i deb hisoblasalarda (Kanada, yangi Zelandiya va boshqalar), Dominion atamasi qo’llanilmaydigan bo’ldi.