Do`ng qum

Do`ng qum — o`simliklar bilan mustahkamlangan yoki chala mustahkamlangan tepa, qator tepa shaklidagi qumlar. O`simliklar atrofida shamol sekinlashib, qum to`planishidan hosil bo`ladi. Do`ng qumlar, odatda, chuchuk yoki sho`rtob yer osti suvlari 3 m dan 5 m gacha chuqurlikda bo`lgan joylarda vujudga keladi. O`rta Osiyoda Qizilqum, Qoratqumda, Qoralqalpoq qumida ko`proq uchraydi.