DO’NG QUMLAR

DO’NG QUMLAR — o’simliklar bilan mustahkamlangan yoki chala mustahkamlangan aylana yoki uzunchoq shakldagi qum uyumlari. Do’ng qumlar sochiluvchan («To’p qumlar») va zichlangan qumlarga bo’linadi. Do’ng qumlar ayniqsa Markaziy Osiyo cho’llarida, ko’pincha chuchuk yoki sho’rtob yer osti suvlari 3 metrdan 5 metrgacha chuqurlikda bo’lgan joylarda vujudga keladi. O’rta Osiyoda Qizilqum, Qoraqum, Qoraqalpoq cho’lida ko’proq uchraydi.