Donjon

Donjon (fransuzcha donjon)-Yevropadagi feodal qasrlarining bosh minorasi, boshqa binolardan alohida qurilgan. O’ziga xos qal’a ichidagi qal’a vazifasini o’tagan. Himoya vazifasidan tashqari Donjonlar feodallar istiqomat qiladigan inshoot ham edi. Unda qasrning eng muhim binolari-aslahaxona, bosh quduq, oziq-ovqat omborlari joylashgan. Donjonlar shakli turli-tumanligi bilan ajralib turadi: to’rtburchakli, yumaloq, sakkizburchakli, to’g’ri burchakli, noto’g’ri burchakli, ko’p burchakli, shuningdek, bir nechta shakllar uyg’unlashuvidagi Donjonlar ma’lum. Germaniyada Donjonlar bergfrid deb nomlangan. Yaponiyada tensyu Donjon kabi vazifalarni bajargan.