Dorivor o`simliklar
Dorivor o`simliklar — odam va hayvonlarni davolash, turli kasalliklarning oldini olish uchun ishlatiladigan giyohlar. Hozirgi vaqtda yer yuzida dorivor o`simliklarning o`n mingdan ortiq turi ma’lum. Mingdan ortiq donli ekinlarning kimyoviy tarkibi va xossalari aniqlangan. O`zbekistonda donli o`simliklarning 580 ga yaqin turi mavjud. Bulardan anor, achchiqmiya, bodom, gulxayri, yong`oq, jag`-jag`, isriq, kiyiko`t, omonsora, bargizub, pista daraxti, sachratqi, choyo`t, yantoq, qoqi o`t va boshqalar ayniqsa keng tarqalgan.