Do’rmon qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Do’rmon qishlog’i haqida eshitganmisiz? – bu nom sifatida respublikamizning deyarli barcha oblastlarida va QQASSRda uchraydi. Do’rmon o’zbek qabilalaridan birining nomi bo’lib, ular tarqoq holda Zarafshon, Surxondaryo, Toshkent vohasida, qisman Xorazmda, Janubiy Tojikistonning bir qancha joylarida, shuningdek, Afg’onistonning shimolida yashaganlar. Ular XVI-XVII asrlarda Dashti Qipchoqdan ko’chib kelganlar. Ular yashagan qishloqlar Do’rmon, Do’rmoncha kabi nomlar bilan atalgan. Do’rmon so’zi (mo’g’ulcha do’rba) “to’rt” degan ma’noni bildiradi.


