«DO’ST» SONLAR

«DO’ST» SONLAR — har biri ikkinchisining bo’luvchilari yig’indisiga teng bo’lgan ikki son (t va p). Masalan, 220 va 284 «Do’st» sonlardir. 220 sonining bo’luvchilari: 1, 2, 4, 5, 10, 11, 20, 22, 44, 55, 110; bularning yig’indisi 284 ga teng. 284 sonining bo’luvchilari: 1, 2, 4, 71, 142; bularning yig’indisi 220. «Do’st» sonlar tushunchasini dastlab Pifagor kiritgan. U shu mezon yordamida 17296 va 18416 sonlarning «do’st»ligini ko’rsatgan edi (k=4 ga to’g’ri keladi). Bu «Do’st» sonlarlarni Ferma va Dekart 17-asrda qayta topdilar. «Do’st» sonlarning chekli yoki cheksiz ekanligi ma’lum emas.