DO’STMURODOV BEKNAZAR

DO’STMURODOV BEKNAZAR (1957.15.6, Yakkabog’ tumani) — O’zbekiston xalq hofizi (2001). Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1980). Muqimiy teatrikl aktsr va xonanda. Mumtoz ashula, katta ashula va maqom yo’llarini O.Hotamov, F.Mamadaliyev, O.Otaxonov, A.Ismoilovlardan o’zlashtirgan. Repertuaridan shashmaqom va Farg’ona-Toshkent maqom yo’llari («Saraxbori Navo», «Saraxbori Segoh», «Chorgoh», «Ushshoq» va boshqalar), mumtoz va zamonaviy bastakorlar ashulalari («Firoqingizda», «Guluzorim», «Sensiz», «Vatan yagonadir» va boshqalar), katta ashulalar («yovvoyi Chorgoh», «Diyorim O’zbekiston», «O’zbekiston madhi», «Muborak to’yga keldik» va boshqalar) o’rin olgan. M.Dadaboeva, M. Hasanova bilan hamnafaslikda O.Hotamov bastalagan «ko’zing ne balo qaro bo’libdur», «Sarvqomat» kabi ikki ovozli (duet) ashulalarni ijro etgan. Do’stmurodov keng diapazonli, shirali va baland ovoz sohibi; uning ijrosi barcha pardalarda ravon va tekis. Do’stmurodov hamnafaslari S.Niyozov va A.Ibrohimovlar bilan Respublika katta ashula ijrochilarining ko’rik-tanlovi laureati (bosh sovrin, Andijon, 2001). Do’stmurodov ijodiga bag’ishlangan 2 videofilm yaratilgan («O’zbektelefilm» studiyasi, 1994. 2001). Do’stmurodov AQSh, Angliya, Frantsiya, Gsrmaniya, Hinliston, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda gastrolda bo’lgan.